Amazon’ning sotuvchilar bo‘lmagan navbatdagi do‘koni kuzda ochiladi 

Fan-texnika 22:16 / 06.07.2018 3667

Amazon o‘zining sotuvchilar va qo‘riqchilarsiz supermarketlari Amazon Go tarmog‘ini kengaytirishni boshladi. Kompaniya joriy kuzda Sietlda ikkinchi shunday do‘konini ochmoqchi. Bu haqda The Verge nashri ma'lum qildi.

Maydoni ming kvaddrat metrga ega bo‘ladigan yangi Amazon Go do‘koni Sietl markazida joylashadi. Keyinroq kompaniya shunday do‘konlarni Chikago va San-Frantsiskoda ochmoqchi. Ta'kidlanishicha, yangi do‘kon hozirda mavjudidan deyarli 2 marta kattaroq bo‘ladi.

Amazon o‘zining to‘liq avtomatlashtirilgan ilk Amazon Go do‘konini 2018 yil boshida Sietlda ishga tushirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: