Dunyodagi eng mashhur robot Nursulton Nazarboyev haqidagi savolga javob bera olmadi (video)

Fan-texnika 23:58 / 05.07.2018 39786

Insoniyatni yo‘q qilishga va'da bergan Sofiya nomli robot Ostonaga olib kelindi va maktab o‘quvchilar bilan uchrashtirildi. Bolalar nima uchun kiborgning nomi Sofiya ekanligi va u dunyoni 20 yildan keyin qanday tasavvur qilishi haqida qiziqishgan, biroq savollariga javob olisholmagan.

Shuningdek, Sofiyani “Qozog‘iston prezidenti kim?” degan savol ham mushkul ahvolga solib qo‘ygan. Robot 20 soniyacha o‘ylab turib, “Biror mashhur odam bo‘lsa kerak” deb javob qilgan.

Robotga hamrohliq qilgan sarmoyachi Devid Chen muammoni internet bilan aloqa yo‘qligi bilan tushuntirgan. 

Inson ko‘rinishidagi robot 2016 yilda AQShning Ostin shahrida taqdim qilingan. U Hanson Robotics firmasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Robot 62 ta yuz ifodasini namoyish qila oladi. Uning boshi insonga o‘xshashi uchun silikon teri bilan qoplangan, ko‘zida kameralar o‘rnatilgan. Yana bir qiziq jihati, unga Saudiya Arabistoni fuqaroligi berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: