Samsung rusumidagi telefon foydalanuvchilari so‘nggi paytda mobil qurilmaning g‘ayrioddiy funksiyasidan shubhalanmoqda. Gap shundaki, telefon apparati faol bo‘lganda, xotirasida saqlanib qolgan istalgan kishiga yozuvli xabar yubormoqda.
Foydalanuvchilarning ilk shikoyati Gizmodo saytida paydo bo‘lgandi. Keyinchalik, kompaniyaning rasmiy forumida ham shunday shikoyatlar paydo bo‘ldi.
Reddit saytida izoh qoldirgan foydalanuvchining iddao qilishicha, telefon xotirasida bo‘lgan barcha suratlarni do‘stiga ruxsatsiz yuborgan.
Samsung rasmiy vakili The Verge nashriga intervyu berib, muammo Samsung Messages ilovasi bilan yuz berayotganini tan olgan. Vakilning aytishicha, kompaniya texniklari Galaxy S9 va S9+ modellarini ko‘zdan kechirib, muammolarni aniqlagan.