2018 yilning xalqaro miqyosda eng yaxshi dvigatellari aniqlandi

Fan-texnika 16:14 / 03.07.2018 12514

Bu yil «Yil dvigateli» tanlovi o‘z yubileyini nishonlamoqda. Xalqaro miqyosda shunday ko‘rik o‘tkazib kelinayotganiga 20 yil bo‘ldi, deb yozadi Motor.ru. Butun dunyodan avtomobillar mavzusida qalam yuritadigan 68 jurnalist 13 tasnif bo‘yicha eng kuchli dvigatellarni aniqladi. 

Albatta, motorlar olamida har safar turli-tumanlikni kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. G‘oliblarning aksari ikkinchi marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Motor.ru barcha g‘oliblarni taqdim etadi. Demak, tanishamiz:

1,0 litrgacha bo‘lgan motorlar:
1.  Volkswagen, 999 sm3, 3 silindr, turbo, 95-115 ot kuchi
2.  Ford (o‘tgan yilgi g‘olib) 3 silindr
3.  BMW kompaniyasining 2 silindrli dvigateli

Foto: Volkswagen
Foto: Volkswagen

1,0-1,4 litrgacha bo‘lgan dvigatellar:
1.  PSA Peugeot Citroen 1,2 litr, 3 silindr, turbo, 110-130 ot kuchi
2.  Volkswagen 1.4 EA211 Active Cylinder Technology 
3.  Ayni dvigatelning Active Cylinder Technology o‘rnatilmagan namunasi

Foto: Peugeot Citroen
Foto: Peugeot Citroen

1,4-1,8 litrgacha bo‘lgan dvigatellar:
1.  BMW 1,5 litr, 3 silindr, gibrid, 231 ot kuchi, 3-marta eng yaxshi deb topilmoqda
2.  BMW kompaniyasining Mini va BMW 1-3 seriyadagi avtomobillariga o‘rnatiladigan motori
3.  Volkswagen kompaniyasining EA211 Evo sinfidagi 1,5 litrli dvigateli

Foto: BMW 
Foto: BMW 

1,8-2,0 litrgacha bo‘lgan motorlar:
1.  Porsche 2,0 litr, 4 silindr, turbo. Porsche 718 Boxster va 718 Cayman modellarigaa o‘rnatiladigan 300 ot kuchli motor ikkinchi yildirki g‘olib bo‘lmoqda
2.  Mercedes-AMG turboto‘rtligi
3.  Honda Civic Type-R motori

Foto: Porsche
Foto: Porsche

2,0-2,5 litrli motorlar uchligi:
1. Audi 2,5 litr, 5 silindrli turbomotor sakkiz yildirki eng yaxshi deb topilmoqda. Audi RS3 va TT RS modellariga o‘rnatiladigan dvigatel 400 ot kuchiga ega 
2. Porsche sportkarlarining 2,5 litrli dvigateli
3. Ford kompaniyasining 2,3 litrli (Mustang va Focus RS) dvigateli

Foto: Audi
Foto: Audi

2,5-3,0 litr hajmli motorlar:
1.  Porsche 3,0 litr, 6 silindrli turbo dvigatel. Qayd etish kerak bu tasnifda o‘tgan yilgi eng yaxshi dvigatellar uchligi o‘zgarmay qoldi
2.  BMW S55 (M3, M4) 6 silindrli turbo motori
3.  Fiat Chrysler (Alfa Romeo Giulia QV va Stelvio QV) 2,9 litrli V6 motori

Foto: Porsche 
Foto: Porsche 

3,0-4,0 litr hajmli motorlar:
1.  Ferrari 3,9 litr, 8 silindr, biturbo, 670 ot kuchli, 2 turbinali V8 (488 GTB va 488 Spider) 
2.  Mercedes-AMG 8 silindr, 2 turbina, 4,0 litrli
3.  Porsche 911 GT3 mashinasining 4,0 litrli motori

Foto: Ferrari
Foto: Ferrari

4,0 litrdan katta hajmli dvigatellar:
1.  Ferrari 6,5 litr, 12 silindr, atmosferali V12 dvigatel 812 Superfast superkariga o‘rnatiladi
2.  Audi 5,2 litrli V10 
3.  BMW M5 4.4 litrli turbosakkizligi

Foto: Ferrari
Foto: Ferrari

Eng yaxshi elektr dvigateli:
1.  Tesla kompaniyasining dvigateli o‘z tasnifida eng namunali deb tan olindi. 
2.  BMW i3
3.  General Motors kompaniyasining Chevrolet Bolt gibridiga o‘rnatiladigan dvigateli

Foto: Tesla
Foto: Tesla

Eng yaxshi «yashil» dvigateli:
1.  Tesla bu tasnifda ham g‘alaba qozondi
2.  BMW i8 gibridiga o‘rnatiladigan dvigatel
3.  BMW i3 va i3S elektromobillari motori

Foto: Tesla
Foto: Tesla

Eng yaxshi yangi dvigateli:
1.  Ferrari 6,5 litr, 12 silindr, atmosferali V12 motor. Uning detallarining 75 foizi yangidan ishlab chiqilgan. 
2.  BMW M5 V8 4,4 litrli kuchaytirilgan dvigateli
3.  Mercedes kompaniyasining yengil gibridi

Foto: Ferrari 
Foto: Ferrari 

Eng yaxshi sport dvigateli:
1.  Ferrari 3,9 litr, 8 silindr, biturbo. Qayd etilishicha, so‘nggi 7 yilda bu tasnif bo‘yicha g‘oliblikni Ferrari qo‘lga kiritmoqda. 
2.  Porsche 4,0 litrli 
3.  Ferrari V12.

Foto: Ferrari 
Foto: Ferrari 

Yilning eng yaxshi dvigateli
1.  IEOTY qo‘mitasining yilning eng yaxshi dvigateli sifatida uchinchi yildirki, Ferrari mahsuloti egallamoqda. 3,9 litr, 8 silindrli biturbo motor Ferrari 488 GTB mashinasiga o‘rnatiladi. Shunday qilib, International Engine of the Year bosh sovrini Ferrari V8 turbomotoriga taqdim etildi. 
2.  Porsche 911 4,0 litrli turbomotor
3.  Ferrari 6,5 litrli V12.

Foto: Ferrari 
Foto: Ferrari 
Ko‘proq yangiliklar: