WhatsApp messenjerida foydalanuvchilarga Telegram’dagi kabi kanallar yaratishga imkon beruvchi yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu haqda TechCrunch nashri ma'lum qildi.
Yangi rejim evaziga guruh chatlarida administratorlardan tashqari barchaga xabar yuborish imkoniyatini cheklash imkoni bor. Yangi funksiyani faollashtirish uchun guruh sozlanmasiga kirib, xabarlarni jo‘natish sohasida “Faqat administratorlar uchun” degan belgini tanlash lozim.
“Guruh chatlari ko‘plab foydalanuvchilar e'lonlar yoki muhim xabar olishda, misol uchun, maktabda o‘qituvchilar va ota-onalar yoki notijorat tashkilotlari tomonidan qo‘llanadi. Biz yangi funksiyani bunday guruhlar administratorlariga yordam berish maqsadida kiritdik”, deb aytgan dasturchilardan biri.