Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi
Ushbu qaror xavfsizlikdagi ehtimoliy muammolar bilan bog‘liq: moliyaviy regulyator bu kabi servislarni ishonchli emas deb topdi.

Foto: Getty images
Saudiya Arabistoni Markaziy banki mijozlar bilan muloqotda WhatsApp kabi tezkor ma’lumot almashish ilovalaridan foydalanishni taqiqladi. Ushbu qaror xavfsizlikdagi ehtimoliy muammolar bilan bog‘liq: podshohlik moliyaviy regulyatori bu kabi servislarni ishonchli emas deb topdi.
Markaziy bank moliyaviy tashkilotlarga rasmiy mobil ilovalar yoki veb-saytlarga chat yoki chatbot xizmatlarini integratsiya qilish kabi nisbatan xavfsiz aloqa kanallarini o‘rganishni topshirdi.
Tashkilotlar, shuningdek, bo‘linmalar, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va marketing xizmati xodimlarini yangi direktivalar talabiga o‘rgatishi kerak.
Saudiya Arabistoni banklari huzuridagi OAV va xabardorlik qo‘mitasi firibgarlik holatlari ko‘payib borayotganidan ogohlantirdi. Ta’kidlanishicha, firibgarlar o‘zlarini xayriya tashkilotlari vakillari va jamoat arboblari sifatida tanishtirib, ijtimoiy tarmoqlar hamda ilovalar orqali pul yig‘moqda.
Saudiya Arabistoni hukumati rasmiy hisob-kitoblar va xizmat to‘lovlarini to‘lashda CADAD tizimidan — mamlakatning barcha bank ilovalarida mavjud xavfsiz to‘lov tizimidan foydalanishni tavsiya qiladi.
Saudiya Arabistoni banklari huzuridagi OAV va xabardorlik qo‘mitasi 2006 yilda mamlakat Markaziy banki homiyligida jamiyatda bank madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi — moliyaviy savodxonlik hamda aholining turli qatlamlari orasida bank xizmatlari va mahsulotlarini targ‘ib qilishdan iborat.
Mavzuga oid

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

20:07 / 03.03.2025
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

18:39 / 19.02.2025