Eng kam muammo tug‘diruvchi avtomobillar reytingi tuzildi
Mutaxassislar o‘z egalariga foydalanish vaqtida eng kam muammo tug‘diruvchi avtomobillar reytingini tuzishdi. Bu haqda iSeeCars portalida ma'lum qilindi.
Reytingning eng yuqori pog‘onasini Hyundai Accent (Solaris) modeli egallagan. Bu modelni sotib olganlar detallarni almashtirish zarurati va boshqa texnik nosozliklar haqida deyarli xavotirlanmasalar bo‘ladi.
2-o‘rinni Chevrolet Equinox krossoveri, 3-o‘rinni Toyota Corolla egallagan.
4- va 5-o‘rinlarga Honda’ning ikki modeli: Civic va CR-V loyiq topilgan.
Reytingni tuzish vaqtida AQShda mashinalarni turli nosozliklar sababli ortga qaytarib olish kampaniyalari hisobga olingan.
Reyting tuzuvchilarining ta'kidlashicha, ortga chaqirtirib olish kampaniyalari statistikasi avtomobil sifatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, biror modelni tanlashda bu statistikani hisobga olish zarur.
Mavzuga oid

22:07 / 10.03.2025
2025 yilning eng ishonchli avtomobillari reytingi tuzildi

22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi

20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi

08:20 / 07.09.2024