Fan-texnika | 22:07 / 10.03.2025
2910
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilning eng ishonchli avtomobillari reytingi tuzildi

Har doimgidek yapon brendlari yuqori o‘rinlarni egalladi. Chevrolet 16-o‘rinda qayd etldi.

Foto: Subaru

Nufuzli tadqiqotlarga ko‘ra, Toyota va Lexus uzoq vaqtdan beri eng ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchilari bo‘lib kelgan. Biroq endi «toj»ni Yaponiyaning boshqa brendi egalladi.

Consumer Repors eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchilari nomini e’lon qildi. Tadqiqot 2000 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda 300 mingdan ortiq transport vositalarining nosozligi bilan bog‘liq ma’lumotlarga asoslangan.

Yangi reyting tuzishda mutaxassislar so‘nggi 12 oylik davrda buzilib qolgan avtomobillar haqidagi barcha ma’lumotlarni hisobga olgan. Nosozliklar qanchalik jiddiy ekanligiga qarab, 100 balldan baho berildi. Shunday qilib, eng ishonchli avtomobillarni ishlab chiqaruvchilar aniqlandi.

Birinchi o‘rinni Yaponiyaning Subaru avtokonserni egalladi va so‘nggi yillarda ilk marotaba Toyota va Lexus brendlaridan o‘zib ketdi. Umuman olganda, eng ishonchli avtobrendlar reytingining yuqori 6 ta pog‘onasini yapon zavodlari egalladi. Chevrolet 16-o‘rinda qayd etildi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida ishonchlilik reytingi:

  1. Subaru - 68 ball
  2. Lexus - 65
  3. Toyota - 62
  4. Honda - 59
  5. Acura - 55
  6. Mazda - 55
  7. Audi - 54
  8. BMW - 53
  9. Kia - 51
  10. Hyundai - 50
  11. Buick - 48
  12. Nissan - 48
  13. Ford - 44
  14. Genesis - 40
  15. Volvo - 38
  16. Chevrolet - 37
  17. Tesla - 36
  18. Volkswagen - 34
  19. Jeep - 33
  20. GMC - 33
  21. Cadillac - 27
  22. Rivian - 14

Subaru avtomokonsernlar orasida yangi yetakchiga aylandi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Forester va Impreza modellari ishonchlilik reytinglari o‘rtachadan sezilarli darajada yuqori. Crosstrek, Legacy, Outback va Ascent ham ishonchliligini isbotlagan.

«Subaru avtomobillarida juda ko‘p ishonchli komponentlar mavjud. Subaru avtomobilni qayta loyihalashtirganda, o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshiradi va ishonchli tizimlarni saqlab qoladi. Bu yangi muammolar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi», dedi Consumer Repors kompaniyasi avtomobil ma’lumotlari tahlili kuratori Stiven Elek.

Mavzuga oid