Yil o‘yinida yil goli. YeChL oqshomining eng yorqin lahzalaridan fotoreportaj
26 may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida Madridning «Real» klubi «Liverpul» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va turnir g‘olibiga aylandi.
«Real Madrid» — «Liverpul» uchrashuvidagi eng yorqin lahzalaridan quyidagi fotoreportajda bahramand bo‘ling.
Muxlislar stadionda top-atmosfera hosil qilishdi.

Barcha bu yigitlarga ko‘z tikkan edi. Chigalyozdi mashg‘ulotlari


Futbolchilar o‘yinga tayyor


YeChL madhiyasi yangradi, futbolchilar esdalikka suratga tushishdi

O‘yin boshlandi

O‘yinning dastlabki qismida ikki jamoa ham o‘ta faol bo‘lsada, «Liverpul»ning hujumlari xavfliroq chiqardi.


«Real» hujumlari esa Milner va Henderson boshchiligidagi baquvvat ingliz himoyachilari tomonidan oson bartaraf etilardi




Uchrashuvdagi birinchi eng xavfli vaziyat ham mersisaydliklar tomonidan ijro etildi, ammo bu vaziyatda Keylor Navas jamoasini qutqardi

O‘yinning qariyb yarim soati o‘tganida, burilish nuqtasi ro‘y berdi. Serxio Ramos bilan to‘p uchun kurash vaqtida «Liverpul» yetakchisi Muhammad Saloh raqib ostida qolib ketdi va qo‘lini jarohatlab oldi.



U o‘yinni davom ettirishga harakat qildi, ammo ko‘zda yosh bilan final uchrashuvida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.



Ko‘p o‘tmasdan madridliklar safida ham jiddiy yo‘qotish. Daniyel Karvahal endi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi


Shundan keyin «Real» ustunlikni o‘z qo‘liga ola boshladi, lekin birinchi bo‘limda muxlislar gol ko‘rishmadi.

Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklar darvozaboni ishonchsiz harakat qildi. Dastlab u Benzemaga to‘pni sovg‘a qildi va darvozasidan birinchi golni olib chiqdi.


«Liverpul» tezkor javob qaytardi.


Shundan so‘ng Klopp shogirdlari faollikni oshirishdi

O‘yinning 60-daqiqasida Isko qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi, 1 daqiqa o‘tib Zidan uni maydondan oldi Beylga imkoniyat berdi


Beyl esa maydonga tushishidan 2 daqiqa o‘tib, qoyilmaqom zarbasi bilan barchani hayrat ko‘chasiga yetakladi


O‘yin oxirida Beylning o‘zi Kariusni yana bir marta dog‘da qoldirdi. Uning uzoqdan bergan zarbasini germaniyalik darvozabon qo‘llari orasidan o‘tkazdi.




O‘yin madridliklarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi

Nigohlar tilga kirganda...



Bir yonda qayg‘u, bir yonda tantana

«You never alone walk» «Liverpul» muxlislari qo‘shiq kuylashda davom etishdi





G‘alabaning asosiy ijodkorlari







Va albatta Peres

Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025