Rossiyalik sobiq sportchi va siyosatchi Alina Kabayeva 35 yoshga to‘ldi
12 may kuni rossiyalik taniqli sobiq gimnastikachi, siyosiy va jamoat arbobi Alina Kabayeva 35 yoshga to‘ldi. Kabayeva badiiy gimnastika bo‘yicha 2004 yilgi Afinadagi Olimpiada chempioni hamda jahon va Yevropa chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi hisoblanadi.

Kabayeva sportdan ketishidan avval Rossiya Jamoatchilik palatasining a'zosi hisoblangan, sportni tugatgachgina davlat dumasi deputatiga aylangan. 2 yil avval Alina yirik mediaxoldingni boshqarish uchun siyosatdan ketishga qaror qilgandi.

E'tiborlisi, Alina Kabayeva Toshkentda tavallud topgan. Uning otasi “Paxtakor”da to‘p surgan Marat Kabayev hisoblanadi. Marat Kabayev 2017 yil fevralidan boshlab o‘zi asos solgan Xalqaro islom biznesi uyushmasini boshqarib keladi.
Mavzuga oid

16:57 / 13.02.2025
Irina Viner gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasini tark etdi

09:44 / 01.04.2023
«Gazprom» Kabayeva akademiyasiga 2 mlrd rublga bino sovg‘a qilgan - OAV

22:29 / 03.06.2022
Yevropa Ittifoqi ham Alina Kabayevaga qarshi sanksiya joriy qildi

09:49 / 15.05.2022