Nigeriya armiyasi jangarilar asiridan minglab odamlarni ozod qildi

Foto: Leadership Newspaper
Nigeriya armiyasi “Boko Harom” radikal guruhiga qarshi amaliyot davomida minglab asirlarni ozod qildi.
Ta'kidlanishicha, Nigeriya armiyasi brigadasi va maxsus vazifalarni bajaruvchi ko‘pmillatli birlashgan kuchlar birgalikda amalga oshirgan amaliyot davomida Borno shtati, Bama tumanining bir necha qishlog‘idan bo‘lgan asirlar qutqarilgan.
Asirlar orasida asosan ayollar va bolalar hamda “Boko Harom” jangarilariga aylanishga majburlangan yosh yigitlar bo‘lgan.
Ko‘pmillatli birlashgan kuchlar Nigeriya, Benin, Kamerun, Chad va Niger qurollangan otryadlarini o‘z ichiga oladi. Ular “Boko Harom”ga qarshi kurash olib boradi.
Mavzuga oid

18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi

19:37 / 05.02.2025
Rossiya va Ukraina 150 nafardan harbiy asirlarni almashdi

13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

01:47 / 19.01.2025