Boysun: Jonli tabiat qo‘ynida aerostatlar parvozi (video+foto)
28-29 aprel kunlari "Boysun bahori" festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan KUN.UZ'ga xabar berilishicha, Surxondaryodagi Boysun shahrida festival ayni pallada.
U yerda ham va'da qilinganidek, xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi sportchilari joylashgan besh aerostat havoga ko‘tarildi. Ta'kidlash joizki, Boysunda bir vaqtning o‘zida havoga ko‘tarilgan aerostatlar o‘zgacha manzara kasb etdi. Bayramga yig‘ilgan mahalliy aholi havo sharlari parvozini olqishlar bilan kutib oldi.
Manzarali tog‘ etaklarida joylashgan Boysunning o‘ziga xosligi shundaki, u yerdagi mahalliy xalq qadimiy urf-odat va an'analarini bugunga qadar saqlab qolgan. Bu an'analar tarixi esa bir necha ming yillarga borib taqaladi.

"Boysun bahori" festivalni o‘tkazishdan maqsad - nafaqat Boysunda, balki O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ardoqlab saqlanib kelinuvchi o‘tmish merosini to‘plash va namoyish qilish.

Tog‘oldi hududlarida o‘tovli lagerlar, rastalar, sahnalar qurildi, ularda xalq ansambllari chiqish qilmoqda. Maxsus maydonlarda polvonlarimiz kurash, ko‘pkari kabi milliy o‘yinlarda kuch sinashishmoqda. Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar dorbozlar, raqs dastalari dasturlarini tomosha qilib, zavq olishlari mumkin va bularning bari jonli tabiat fonida ro‘y bermoqda.






Mavzuga oid

21:40 / 20.01.2025
Energetika vazirligi: Boysundagi M25 konida to‘plangan gazni xavfsiz yoqish ishlari olib borilmoqda

15:30 / 20.01.2025
Video: Boysundagi M25 koni joylashgan hududda olovli maydonlar yuzaga kelgan

16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi

19:44 / 19.11.2024