Navbat Xivaga! Aerostatlar parvoziga start berildi (foto+video)

O‘zbekiston 01:39 / 26.04.2018 11951

Ko‘hna Xivada ikki kunlik aerostatlar parvozlariga start berildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.

26 aprel kuni Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi rahbari Piter Blazer boshchiligidagi delegatsiya navqiron Xiva shahriga yetib keldi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov shaxsan kutib oldi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati

Qo‘mita raisining ma'lum qilishicha, delegatsiya tarkibida xalqaro aeronavtika bo‘yicha uch karra jahon chempioni ham bor. Xivadagi aerostatlar parvozi ikki kun davom etadi - 26-27 aprel. Undan keyin esa Shveytsariya delegatsiyasi vakillari Boysun tomon yo‘l olishadi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati

Bundan avval KUN.UZ'da 28-29 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida "Boysun bahori" festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Xalqaro aeronavtika delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston shaharlari uzra parvozlar seriyasi doirasida Boysun uzra 5 aerostat parvozini amalga oshirishni rejalashtirishgan.

Xivaga qadar O‘zbekistonning qadimiy Samarqand hamda Buxoro shaharlarida ham aerostatlar uchirildi.

Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi delegatsiyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston shaharlarida aerostatlar parvozlari zanjirini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan. Kelajakda shunga o‘xshash tadbirlarda Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: