Xivada 11 yoshli bolani devor bosib qoldi

Jamiyat 21:15 / 08.06.2024 12798

Xorazm viloyati, Xiva shahrida baxtsiz hodisa oqibatida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova holatni o‘rganayotgani haqida xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 29 may kuni Xiva shahri, Gulshan-2 mahallasida yashovchi, 2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola qurilishi tugallanmagan bino yonida o‘ynab yurgan vaqtida devorning bir qismi qulab tushgan. Oqibatda bolaning tos suyagi singan, u shifoxonada davolanayotgani ta’kidlanmoqda.

Holat yuzasidan Xiva shahri IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: