Suriyaga yangi raketa hujumi uyushtirildi

Foto: Pikabu
Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi PVO Homs viloyatidagi Shayrat aviabazasiga qilingan hujumlarni qaytargan. Bu haqda mamlakat davlat televideniyesiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.
Aniqlik kiritilishicha, barcha raketalar havodaligidayoq urib tushirilgan.
Hozircha bu AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyadan iborat ittifoqchi kuchlarning, yoki terrorchilik tashkilotining hujumi ekani aniq emas. Hujum Isroil tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi ham mumkin.
14 aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgani taxmin etilgan kimyoviy hujumga javoban Suriya bo‘ylab raketa zarbalarini berdi. Suriya hukumati kimyoviy hujum faktini inkor etmoqda va G‘arb mamlakatlari zarbalarini tajovuz deb atamoqda.
Mavzuga oid

21:40
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

16:19 / 09.03.2025