Saloh va «Liverpul» yarim finalga chiqdi

Foto: Twitter/LFC
2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi.
Ilk o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Manchester Siti" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. Shiddatli kechgan uchrashuv 1:2 hisobida mersisaydliklar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 2-daqiqasida Jyezus hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 11-daqiqasida Saloh oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. "Liverpul"ga g‘alaba keltirgan gol 77-daqiqada Firmino tomonidan kiritildi.
Manchester Siti Angliya – Liverpul Angliya 1:2
Gollar: 1:0 – 2 Gabriel Jyezus, 1:1 – 56 Salax, 1:2 – 77 Firmino.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jyezus.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-Chemberlen, Saloh (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).
Birinchi o‘yin: 0:3.
Mavzuga oid

16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi

13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?

11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari

20:44 / 08.02.2025