Trustlook Labs korporatsiyasi tadqiqotchilari deyarli barcha messenjerlardan ma'lumotlarni o‘g‘irlay oladigan troyan virusi aniqlangani haqida xabar berishdi. Kompaniya blogida shu haqida ma'lum qilindi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, zarar yetkazuvchi dastur antiviruslarni chetlab o‘tib, tizimga uni aniqlash va kodni tahlil qilish imkonini bermaydi.
Virus tizimga kirib, Telegram, Viber, Skype, Facebook Messenger va boshqa messenrjyerlardagi ma'lumotlarni o‘rganadi hamda ularni masofadagi serverga jo‘natadi. Kompaniya tadqiqotchilarining taxmin qilishlaricha, yovuz niyatli kimsalar olingan ma'lumotlardan shantaj qilish niyatida foydalanishlari mumkin.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar Xitoyning Cloud Module ilovasida virus aniqlashdi. Zararli dasturiy ta'minotga ega fayl com.android.boxa deb atalgan.
U Android ilovalarining havolalari va boshqa do‘konlari orqali tarqalayotgani taxmin qilinmoqda.