Rossiyaning «Laboratoriya Kasperskogo» kompaniyasi smartfonlardagi suratlardan ma’lumotlarni o‘g‘irlaydigan avval noma’lum bo‘lgan troyan-virusni aniqladi. Bu haqda «Vedomosti» yozdi.
Qayd qilinishicha, virus App Store va Goggle Play orqali yuklab olingan 20 ta soxta messenjer ilovasi, sun’iy intellekt yordamchilari, oziq-ovqat yetkazib berish ilovalari va kriptovaluta ilovalarida topilgan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, troyan-viruslar Google Play orqali 242 ming martadan ko‘proq yuklab olingan.
«Laboratoriya Kasperskogo» mutaxassislari troyanga SparkCat nomini berdi. Smartfonga yuklab olingan va ishga tushirilgandan so‘ng, soxta ilova fotosuratlarni ko‘rish uchun ruxsat so‘raydi va galereyadagi tasvirlardagi matnni tahlil qilish uchun belgilarni optik aniqlash (OCR) dasturidan foydalanadi.
Virus kalit so‘zlarni topib, ularni firibgarlarga uzatadi. Virus har qanday nozik ma’lumotlarga qiziqadi - ilovalar uchun parollar, hujjatlar, kriptohamyonlarni tiklash uchun kalit so‘zlar va boshqalar tasvirlangan skrinshotlar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu iPhone smartfonlarida bunday troyanlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq birinchi holat.