Yevropa Ligasi. "Marsel" va "Sporting" chorak finalda, "Zenit" va "Dinamo Kiyev" musobaqani tark etdi

Sport 01:53 / 16.03.2018 7591

2017/18 yilgi Yevropa Ligasi 1/8 finalining navbatdagi javob o‘yinlari o‘tkazildi.

“Zenit” o‘z maydonida “Leyptsig” bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. Ogyusten 22-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada Driussi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 2:1 hisobida “Leyptsig” foydasiga hal bo‘lgan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Zenit” musobaqani tark etdi.

Safardagi o‘yinda 2:2 hisobidagi durangni qayd etgan “Dinamo Kiyev” o‘z maydonida “Latsio”ga mag‘lub bo‘ldi. O‘yinning 23-daqiqada Leyva hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada de Vrey mehmonlarning keyingi bosqichga ishonchli hisob bilan chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi.

Yana bir uchrashuvda “Sporting” “Viktoriya Plzen” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda g‘olib qo‘shimcha bo‘limda aniqlandi.

6- va 64-daqiqalarda Bakosh gol kiritib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha bo‘limlar o‘ynalishini ta'minladi. 105-daqiqada Battalya “Sporting”ni keyingi bosqichga olib chiqqan golga mualliflik qildi.

Safardagi uchrashuvda “Marsel”dan mag‘lub bo‘lgan “Atletik Bilbao” o‘z maydonida ham raqibga o‘yinni boy berdi.

38-daqiqada Payyetning penaltidan kiritgan va Okamposning 52-daqiqada urgan goliga maydon egalari safida Inyaki Uilyams 1ta gol bilan javob qaytardi. Shu tariqa, fransuzlar ikki o‘yindagi ham g‘alabaga erishib, chorak finalga yo‘l oldi.

 

Zenit Rossiya – RB Leyptsig Germaniya 1:1

Gollar: 0:1 – 22 Ogyusten, 1:1 – 45 Driussi.
Zenit – Lunev, Ivanovich, Krishito, Smolnikov (Poloz, 85), Mevlya, Kranevitter, Paredes, Jirkov, Rigoni (Yeroxin, 90), Driussi, Kokorin (Zabolotnyy, 8).
RB Leyptsig – Gulachi, Orban (Konate, 46), Bernardo, Klostermann, Upamekano, Forsberg, Demme (Ilzanker, 71), Keyta, Bruma, Verner, Ogyusten (Poulsen, 90).
Ogohlantirishlar: Demme (10), Orban (25), Krishito (38), Smolnikov (62), Mevlya (81).
Birinchi o‘yin – 1:2.

 

Dinamo Kiyev Ukraina – Latsio Italiya 0:2

Gollar: 0:1 – 23 Leyva, 0:2 – 83 de Vrey.
Dinamo Kiyev – Boyko, Kadar (Shabanov, 45), Burda, Pivarich, Morozyuk (Gonsales, 57), Shepelev, Buyalskiy, Tsygankov, Kendzera, Morayes, Besedin (Mbokani, 70).
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Gabarron (Marushich, 72), Luis Felipe, Luis Alberto, Lulich (Lukaku, 69), Felipe Anderson, Parolo, Leyva, Immobile (Kaysedo, 82).
Ogohlantirishlar: Luis Felipe (18), Morayes (55), Shabanov (66), Buyalskiy (90).
Birinchi o‘yin – 2:2.

 

Viktoriya Plzen Chexiya – Sporting Portugaliya 2:1

Gollar: 1:0 – 6 Bakosh, 2:0 – 64 Bakosh, 2:1 – 105 Battalya.
Viktoriya Plzen – Grushka, Rjyeznik (Geyda, 105), Gavel, Gayek, Kovarjik, Kolarj, Kopits, Groshovski, Gorshava, Zeman (Petrjyela, 100), Bakosh (Krmenchik, 83).
Sporting – Ruy Patrisiu, Ande Pintu, Koentrau, Mate, Petrovich (Pichchini, 67), Ruis (Ruben Ribeyru, 99), Fernandesh, Akunya (Montero, 76), Battalya, Jyelson Martinsh, Dost.
Ogohlantirishlar: Ruis (78), Rjyeznik (90), Gayek (90).
Birinchi o‘yin – 0:2.

 

Atletik Ispaniya – Marsel Fransiya 1:2

Gollar: 0:1 – 38, penalti Payyet, 0:2 – 52 Okampos, 1:2 – 74 Inyaki Uilyams.
Atletik – Yago Errerin, Yyeray Alvares (Nunes, 44), Inigo Lekue, De Markos, Echeyta, Iturraspe, Benyat (Mikel Vesga, 79), Mikel Riko (Susayeta, 23), Kordoba, Inyaki Uilyams, Aduris.
Marsel – Mandanda, Sakai, Rami, Rolandu, Amavi, Lopes (Sanson, 78), Luis Gustavo (Zambo-Angissa, 56), Payyet, Okampos, Toven (Sarr, 67), Mitroglu.
Ogohlantirishlar: Aduris (15), Rami (48), Inyaki Uilyams (61).
Chetlatish: Aduris (76).
Birinchi o‘yin – 1:3.

Ko‘proq yangiliklar: