Sport | 17:45 / 31.01.2025
3867
2 daqiqa o‘qiladi

«Roma» «Portu»ga qarshi o‘ynaydi – Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi

Bugun, 31 yanvar kuni UYeFAning Nondagi shtab-kvartirasida Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Roma» 1/8 final bosqichiga o‘tish o‘yinida «Portu»ga qarshi ikki o‘yinda ishtirok etadi.

Yevropa ligasi. Pley-off o‘tish o‘yinlari

  • «Tvente» — «Bude-Glimt» (G‘olib «Olimpiakos» yoki «Reyndjers» bilan o‘ynaydi);
  • «Fenerbaxche» — «Anderlext» (G‘olib «Olimpiakos» yoki «Reyndjyers» bilan o‘ynaydi);
  • «Yunion» — «Ayaks» (G‘olib «Lion» yoki «Ayntraxt» bilan o‘ynaydi);
  • PAOK — FKSB (G‘olib «Lion» yoki «Ayntraxt» bilan o‘ynaydi);
  • AZ — «Galatasaroy» (G‘olib «Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem» bilan o‘ynaydi);
  • «Midtyulland» — «Real Sosiyedad» (G‘olib «Manchester Yunayted» yoki «Tottenxem» bilan o‘ynaydi);
  • «Ferensvarosh» — «Viktoriya» Plzen (G‘olib «Latsio» yoki «Atletik» bilan o‘ynaydi);
  • «Portu» — «Roma» (G‘olib «Latsio» yoki «Atletik» bilan o‘ynaydi).

Ma’lumot uchun, birinchi o‘yinlar 13 fevralda, javob o‘yinlari esa 20 fevralda o‘tkaziladi.

Mavzuga oid