«Barselona» – «MYu»ga qarshi, «Roma» Avstriyaga boradi. Yevropa ligasi o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi

Sport 17:36 / 07.11.2022 14447

Qur’ada Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan 8 jamoa va Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8 klub ishtirok etdi. 

Bosqichning markaziy o‘yini «Barselona» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida o‘tadi. Barcha juftliklar bilan tanishing.

Yevropa ligasi o‘tish o‘yinlari juftliklari:

«Barselona» – «Manchester Yunayted»

«Yuventus» – «Nant»

«Sporting» – «Midtyulland»

«Shaxter» – «Renn»

«Ayaks» – «Union»

«Bayyer» – «Monako»

«Sevilya» – PSV

«Red Bull Zalsburg» – «Roma»

Jamoalar odatdagidek uyda va safarda to‘p surib, 1/8 final yo‘llanmasi g‘olibini aniqlaydi. Yevropa ligasi klublari javob uchrashuvini o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.

O‘tish bahslarining dastlabki o‘yinlari 16 kuni, javob o‘yinlari esa 23 fevralda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘llanma olib, guruh g‘oliblariga qarshi maydonga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: