Yevropa ligasi. «Barselona» «MYu»ga qarshi «Nou Kamp»dagi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Sport 00:48 / 17.02.2023 28994

Yevropa ligasi 1/16 finali birinchi o‘yini doirasidagi «Kamp Nou»da o‘tgan bahs durang bilan yakuniga yetdi.

Turnirning finaliga mos to‘qnashuv deya ta’riflangan bahs muxlislar kutgan shiddatni taqdim eta oldi. Dastlabki bo‘limda darvozabonlar qahramonga aylangan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim 4ta golni taqdim etdi.

Markos Alonso 50-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikki daqiqa o‘tib Markus Reshford hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib yana o‘sha Reshford hujumga o‘tib, Kundening o‘z darvozasini ishg‘ol etishiga sabab bo‘ldi – 1:2.

76-daqiqaga kelib Rafinyaning Levandovskiga uzatmasi De Xea darvozasidan joy oldi – 2:2. O‘yin yakuniga qadar ikki jamoada ham g‘alabani ilib ketish imkoniyati bo‘lsa-da, bahs jangovar durang bilan tugadi.

YeChL darajasiga mos bahsning javob uchrashuvi 23 fevral kuni «Old Trafford»da o‘tadi. 

Yevropa ligasi. 1/16 final. Birinchi bahs
Barselona Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 2:2
Gollar:
1:0 – 50 Alonso, 1:1 – 52 Reshford, 1:2 – 59, avtogol Kunde, 2:2 – 76 Rafinya.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alonso (Kristensen, 67), Kunde, Alba (Balde, 67), Kessie (Fati, 67), de Yong, Pedri (Serdji Roberto, 41), Gavi, Levandovski, Rafinya (Ferran Torres, 83).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Shou, Malasia, Brunu Fernandesh, Kazemiro, Fred, Vegorst, Reshford, Sancho (Garnacho, 82).
Ogohlantirishlar: Alba (30), Varan (43), Kazemiro (65), Malasia (72), Gavi (73).

Ko‘proq yangiliklar: