Volkswagen afsonaviy «Qo‘ng‘iz» davri tugagani ma'lum qildi 

Fan-texnika 20:50 / 14.03.2018 10094

Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasining texnik rivojlanish yo‘nalishi rahbari Frank Uelsh kompaniya tomonidan Beetle (Qo‘ng‘iz) modelining taqdiri bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganini ma'lum qildi. 

Autocar nashrining ta'kidlashicha, 2017 yil noyabrda kompaniya 2011 yilda qayta tiklangan modelning 2-avlodi paydo bo‘lishi mumkinligini aytgan. Bu vaziyatda Beetle elektrokarga aylanishi kerak edi. Biroq kompaniya bu fikridan qaytgan.

Aytish joizki, mashina dastlab Kafer deb nomlangan bo‘lib, 1938 yildan 2003 yilgacha sezilarli o‘zgartirishlarsiz ishlab chiqarilgan. Volkswagen 2011 yilda “Qo‘ng‘iz”ni yangilab, uni Beetle deb nomlagan.

Uelshning fikricha, “Qo‘ng‘iz” afsonaviy model bo‘lsa-da, “5-marta mutlaq yangi Beetle’ni yaratishning imkoni yo‘q”.

Avtomobilning ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi muddatlari hozircha ma'lum qilinmagan.  

Avtomobil uzoq tanaffusdan keyin 1997 yilda tiklangan. Bugungi kunda avtomobilning ommaviyligi keskin pasaymoqda. Misol uchun, AQSh va Yevropada joriy yanvarda ushbu mashinadan bor-yo‘g‘i 2305 ta sotilgan, vaholanki 2000-yillar boshida har oy o‘rtacha 80 ming donadan “Qo‘ng‘iz” sotilgan. Endilikda VW ixcham krossoverlarga ustuvor ahamiyat bermoqda. 

2017 yilda Volkswagen Shanxaydagi motorshouda elektr krossoveri I. D. Crozz’ni taqdim qilgandi. Mutaxassislarning fikricha, aynan shu mashina kompaniyaning konveyerida Beetle o‘rnini egallaydi.

VW Beetle konstruksiyasi o‘zgartirilmagan holda tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobil hisoblanadi. Ma'lum qilinishicha, bunday mashinadan 1938 yildan 2003 yilgacha davr ichida 21,5 mln donadan ko‘proq ishlab chiqarilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: