O‘zbekiston ayollar terma jamoalariga murabbiylar tayinlandi

Foto: O‘FA
Bugun O‘FA konferens-zalida Oliy liga ayollar klublarining bosh murabbiylari va terma jamoa rahbarlari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Kun mavzusida 2018 yilda OFK miqyosida turli musobaqalarda ishtirok etuvchi terma jamoalarning bosh murabbiylarini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasining bosh murabbiyi qilib Vladislav Xan tayinlandi. Terma jamoa 2-12 may kunlari Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasi bosh murabbiyi qilib Bahrom Norsafarov tayinlandi.
O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga Karima Yuldasheva bosh murabbiy qilib tayinlandi.
O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasiga Ilxom Xanjariyev bosh murabbiy qilib tayinlandi.
Mavzuga oid

18:57 / 14.02.2025
Nodir Eliboyev - futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

19:43 / 21.01.2025