Asensio «Real»ning yubiley golini urdi

Sport 09:55 / 19.02.2018 10307

Ispaniya chempionatining 24-turida «Betis» Madridning «Real» klubini qabul qildi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida kechgan uchrashuv 5:3 hisobida mehmonlar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

Mezbonlar safida Ayssa Mandi, Serxio Leon gollarga muallif bo‘ldi, shuningdek, madridliklar jamoasi himoyachisi Nacho avtogol urdi. «Real» safida Marko Asensio dubl qayd etdi, Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema bittadan gol urishdi.

Asensioning ikkinchi goli madridliklar jamoasining Ispaniya Primerasi o‘yinlaridagi yubiley 6000-goli bo‘ldi.

Kuchli beshlikda faqat «Everton» (6961), «Arsenal» (6769), «Liverpul» (6756), «Aston Villa» (6608) va «MYu» (6430) jamoalari bu dovondan oshgan.

«Real» ayni vaqtda 45 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: