«Atletiko» «Atletik»ni yengdi, «Real Sosedad»da yirik g‘alaba

Sport 22:30 / 18.02.2018 5599

Ispaniya Primerasining 24-turida Madridning «Atletiko» klubi «Atletik» Bilbaoni qabul qildi. «Vanda Metropolitano»da o‘tkazilgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Matraschilar» 67-daqiqada hisobni ochishdi. Antuan Grizmanning pasidan Kevin Gameyro unumli foydalandi. 80-daqiqada Gameyro Diyego Kostani golli pas bilan ta'minladi.

Endilikda Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Atletiko Madrid» ochkolari sonini 55taga yetkazgan va 2-o‘rinda bormoqda, «Atletik» esa 28 ochkosi bilan 14-o‘rinda.

Bu turda «Real Sosedad» «Levante»ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

«Real Sosedad» o‘yinning 10-daqiqasidayoq hisobni ochdi, Xabi Priyeto penaltini aniq bajardi. Tanaffusgacha maydon egalari ustunlikni oshirishdi — 38-daqiqada Xuanmi gol muallifi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Serxio Kanales aniq zarbasi bilan o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bu g‘alaba evaziga «Real Sosedad» ochkolari sonini 29taga yetkazdi va turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarildi, «Levante» 20 ochko bilan 17-o‘rinda joylashgan.

Ispaniya chempionati
24-tur

Atletiko – Atletik 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67 Gameyro, 2:0 – 80 Diyego Kosta.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Vrsalko, Lyuka Ernandes (Godin, 46), Parti, Saul, Koke (Gameyro, 59), Korrea (Gabi, 70), Grizmann, Diyego Kosta.
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Saborit, Inigo Lekue, Martines, Benyat (Iturraspe, 65), Susayeta, Inyaki Uilyams, San Xose, Sabin Merino (De Markos, 68), Mikel Vesga (Kordoba, 72).
Ogohlantirishlar: Korrea (17), Diyego Kosta (36), Benyat (40), Filipe Luis (62), Nunes (71).

Real Sosedad – Levante 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Priyeto, 2:0 – 38 Xuanmi, 3:0 – 55 Kanales.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, de la Belya, Odriosola (Gorosabel, 81), Navas, Priyeto (Kanales, 13), Ilyarramendi, Surutusa, Oyarsabal (Subeldiya, 68), Xuanmi, Agirreche.
Levante – Olasabal, Postigo, Luna, Koke (Rochina, 55), Rodriges, Lukich (Marti, 46), Dukure, Morales, Kampanya, Djyeyson, Patstsini (Boateng, 59).
Ogohlantirishlar: Lukich (8), Rodriges (60).

Ko‘proq yangiliklar: