Bojxona qo‘mitasi rahbari ishdan ketdi
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olindi. Bu ma'lumot «KUN.UZ» manbasi tomonidan tasdiqlandi.
Ma'lum qilinishicha, endilikda qo‘mitaga Bosh prokuror o‘rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov yangi rais etib tayinlangan. Buxoro viloyatining sobiq prokurori bo‘lgan Murotjon Azimov 2016 yilning sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Ko‘p yillar davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Abduqayumovich Do‘sanov o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisiga aylangandi.
Uning iste'fosi sababi va keyingi ish joyi hozircha ma'lum emas.
Bundan avvalroq OAVda Bojxona qo‘mitasida keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi
Jahon | 20:51
-
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
Jahon | 20:46
-
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston | 20:45
-
15 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 20:43
Mavzuga oid

15:54 / 07.03.2025
Bojxona qo‘mitasi 9,3 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarini yo‘q qildi

15:55 / 27.01.2025
«Dovud ota» postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytish uch oyga to‘xtatiladi

20:17 / 28.11.2024
“Bojxona organlari haydovchilardan ishonchnoma talab qilishi qonunchilikda nazarda tutilmagan” – Bojxona qo‘mitasi

14:49 / 15.08.2024