«Inter» 8 o‘yindan beri ilk g‘alabaga erishdi va boshqa natijalar

Sport 21:50 / 11.02.2018 6054

Italiya chempionatining 24-turida «Inter» «Bolonya»ni yengdi. Milandagi «San-Siro» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Maydon egalari safida Eder va Yann Karamo gollarga mualliflik qilishdi, mehmonlarning javob goli Rodrigo Palasio tomonidan urildi. «Bolonya» safida ikki futbolchi ikkinchi bo‘limda qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Shu tariqa, «Inter» Italiya chempionatida sakkiz uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi. Oxirgi bor milanliklar jamoasi A Seriya o‘yinida 3 dekabr kuni «Kevo»ni yenggandi (5:0).

Bu tur doirasida kechgan boshqa uchrashuvlarda«Sampdoriya» «Verona»ni yengdi (2:0), «Torino» «Udineze»dan ustun keldi (2:0), «Kevo» «Jyenoa»ga yutqazdi (0:1).

Italiya chempionati
24-tur

Inter – Bolonya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Eder, 1:1 – 25 Palasio, 2:1 – 63 Karamo.
Inter – Xandanovich, Joau Kanselu, Shkrinyar, Miranda (Lopes, 46), D`Ambrozio, Vesino, Valero, Perishich, Brozovich (Rafinya, 58), Karamo (Galyardini, 73), Eder.
Bolonya – Mirante, Mbayye, Gonsales, De Meo, Masina, Poli (Torosidis, 72), Pulgar, Djyemaili, Orsolini (Falletti, 66), Palasio, Di Franchesko (Avenatti, 80).
Ogohlantirishlar: Palasio (20), Mbayye (64), D`Ambrozio (80).
Chetlatish: Mbayye (68), Masina (90).

Sassuolo – Kalyari 0:0 (0:0, 0:0)
Sassuolo – Konsili, Lirola, Goldaniga, Acherbi, Peluzo (Rojyerio, 71), Missiroli, Manyanelli, Dankan (Raguza, 88), Berardi, El-Babakar (Matri, 66), Politano.
Kalyari – Krano, Andreolli, Cheppitelli, Kastan, Padoin, Ionitse, Chigarini (Sau, 26), Barella, Likoyannis (Dessena, 62), Joao Pedro, Farias (Pavoletti, 75).
Ogohlantirish: Andreolli (56).

Kevo – Jyenoa 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Laksalt.
Kevo – Sorrentino, Depaoli, Bani, Gamberini, Gobbi, Basten, Radovanovich, Djakkerini (Kastro, 58), Birsa (Gaudino, 76), Medjorini, Ingleze (Pellisse, 59).
Jyenoa – Perin, Biraski, Spolli, Zukanovich, Pedru Pereyra (Lazovich, 70), Rigoni, Bertolachchi, Xilemark (Bessa, 76), Laksalt, Pandev, Galabinov (Lapadula, 45).
Ogohlantirishlar: Spolli (14), Kastro (66).

Torino – Udineze 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 32 Nkulu, 2:0 – 66 Belotti.
Torino – Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Burdisso, Molinaro, Bazelli, Rinkon, Obi (Moretti, 62), Yago Falke, Belotti (Berenger, 88), Nyang (Ansaldi, 71).
Udineze – Bissarri, Larsen (Xadlvredsson, 79), Nyuytink, Samir, Vidmer, Barak, Bexrami (de Paul, 67), Yankto, Dzampano, Lazanya (Peritsa, 54), Lopes.
Ogohlantirishlar:Rinkon (58), Burdisso (75), Xadlvredsson (87).

Sampdoriya – Verona 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 50 Barreto, 2:0 – 85, penalti Kualyarella.
Sampdoriya – Viviano, Bereshinski, Silvestre, Ferrari, Murru, Barreto (Verre, 86), Torreyra, Linetti, Kaprari (Alvares, 72), Kualyarella, Sapata (Kovnatski, 59).
Verona – Nikolas, Romulo, Karachcholo, Vukovich, Fares, Rider Matos, Valoti, Byuxel (Felicholi, 84), Aarons (Verde, 59), Petkovich (Kalvano, 66), Kin.
Ogohlantirishlar: Bereshinski (20), Fares (58).

Ko‘proq yangiliklar: