Interneti sekin ishlaydigan foydalanuvchilar uchun yangi ilova taqdim etildi - YouTube Go

Foto: Google
Mashhur YouTube videoplatformasi qator ijobiy tomonlar bilan birga bir sezilarli kamchilikka ega: oflayn-rejimda va internet sekin ishlaganida uning funksiyalaridan foydalanib bo‘lmaydi. Albatta, ilovalarning onlayn do‘konida videoroliklarni yuklash imkonini beruvchi turli dasturlar mavjud. Biroq ularning bari ham eng ilg‘or funksiyalarga ega deb bo‘lmaydi.
Google vakillarining ma'lum qilishicha, foydalanuvchilar tez orada avtonom rejimda va hatto internet tez ishlamaganda videoroliklarni ko‘zdan kechirish imkonini beruvchi yangi YouTube Go ilovasini qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.
Shu haftadan boshlab YouTube Go ilovasini 130 dan ortiq mamlakatda yuklab olish va qo‘llash mumkin bo‘ladi. U oflayn rejimda roliklarni mobil qurilma xotirasiga yoki xotira kartasiga saqlab qo‘yish imkonini beradi. Rolikni yuklashdan avval yakuniy fayl hajmiga ta'sir ko‘rsatuvchi sifatni tanlash mumkin.
Shu bilan birga, yangi dastur yordamida yuklab olingan kontentni Bluetooth orqali boshqa qurilmalarga o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ma'lumotlar yetkazishning maxsus algoritmlari tufayli ilova foydalanuvchilari hatto Wi-Fi'ga ham ulanmay, HD formatida roliklarni ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.
YouTube Go ilovasi kichik xotira hajmiga ega qurilmalarga mo‘ljallangan Android Go ilovalar to‘plamining bir qismi hisoblanadi. Ilova atigi - 9,4 Mb, uni Android 4.1 va undan keyingi versiyadagi qurilmalarga o‘rnatish mumkin. Dasturning iOS'ga chiqishi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025
Rossiya Googleʼga belgilagan jarimalar miqdori 2 duodetsillion rublga yaqinlashdi

20:19 / 28.01.2025
Google o‘z xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi

01:35 / 15.01.2025