«Chelsi» Jiru transferini e'lon qildi

Olive Jiru «Arsenal»dan «Chelsi»ga o‘tdi.
«Chelsi» ushbu transfer uchun «Arsenal»ga 15,3 mln funt to‘lagan. Yana 2,2 mln funt bonus sifatida berilishi mumkin.
31 yoshli futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzilgan, shartnoma yana bir yilga uzaytilishi mumkin. Jiru «Chelsi»da 18 raqamida to‘p suradi.
Joriy mavsumda Jiru premer-liganing 16 uchrashuvida maydonga tushgan va 4 gol urgan.
«Arsenal» «Borussiya»dan Per-Emerik Obameyangni xarid qilgani tufayli u «Chelsi»ga yo‘l oldi.
2012 yildan buyon «Arsenal» safida to‘p surib kelgan Jiru «kanonirlar» uchun 253 uchrashuv o‘tkazgan va 105 gol urgandi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»

14:12 / 25.01.2025