Milliy boyiligimiz hisoblangan paxtaning bor xususiyatlaridan unumli foydalanish ko‘zda tutilgan loyiha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida amalga oshiriladi. Ip kalava ishlab chiqarish dasturi o‘z ichiga to‘qima mato tayyorlashdan tortib, milliy va xalqaro bozor maydoni uchun kiyim-kechak yetkazib berish jarayonini qamrab olgan.
Umumiy 4 bosqichdan iborat loyihaning dastlabki jarayoni uchun O‘zmilliybank tomonidan kredit ajratilib, 2017 yilning dekabr oyida korxona o‘z faoliyatini boshladi. Paxta tolasi qayta ishlanib, ip-kalava ishlab chiqarilayotgan ushbu bosqichda 240 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va o‘tgan bir oy ichida 200,0 ming AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Hozirgi bosqich uchun bank krediti evaziga Yaponiya va Shveytsariyadan keltirilgan uskunalar sotib olinib, 2019-2020 yillar davomida matoga ishlov berish va undan kiyim-kechak tikish jarayonini samarali tashkillashtirish uchun Shveytsariya, Belgiya, Germaniya va Xitoydan ham maxsus uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.