BMT oiladagi zo‘ravonlikni tugatish bo‘yicha O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston 18:54 / 11.10.2024 1441

10 oktyabr kuni BMT Inson huquqlari kengashining 57-sessiyasida ishtirokchi davlatlar oiladagi zo‘ravonlikka barham berishga qaratilgan qo‘shma rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib Akipress xabar berdi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan rezolyutsiya loyihasi kengashda ishtirok etayotgan barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Qirg‘iziston delegatsiyasi rezolyutsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad oiladagi zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlarining oldini olish va yo‘q qilishga qaratilgan jahon standartlarini shakllantirish ekanligini aytdi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik muammosi chegaralar va madaniy tafovutlardan oshib, dunyoning barcha burchaklaridagi odamlarga ta’sir qilishi ta’kidlandi.

«Rezolyutsiya barcha a’zo davlatlar tomonidan e’tirof etildi va qo‘llab-quvvatlandi, bu inson huquqlarini himoya qilish, ayollar va qizlar xavfsizligini ta’minlashda xalqaro hamjamiyatning birdamligini namoyish etadi», deb xabar berdi Qirg‘iziston TIV.

Ko‘proq yangiliklar: