Andijonda rossiyaliklar bilan dori ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 19:25 / 29.01.2018 8086

Andijonda viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov va Rossiya Federatsiyasining farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Medsintez” zavodi bosh direktori A.Podkoritov bilan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda Andijonda “Dializ” markazini tashkil etish, markazda infuzion eritmalar, insulin, qattiq va suyuq shakldagi turli dori-darmonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurilishi, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi qator masalalar muhokama qilindi. 

Rossiyalik investorlar ushbu loyihani amalga oshirish mumkin bo‘lgan mavjud obektlar bilan tanishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: