GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark yetkazib bera boshladi

Iqtisodiyot 15:14 / 24.01.2018 16956

GM Uzbekistan eksport geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyasini amalga oshirish doirasida Chevrolet Spark avtomobillarini Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga eksport qilishni boshladi. Bu haqda GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.

2018 yil 23 yanvarida korxona tomonidan Livan va Iordaniya davlatlariga avtomobillarning ilk partiyasi yuklandi. Joriy yil davomida ushbu davlatlarga 500 donadan kam bo‘lmagan miqdorda avtomobillar eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek, Chevrolet Spark avtomobillarini Tunisga eksport qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: