Chet eldagi tanishlaringiz va yaqinlaringizning plastik kartalariga xalqaro pul o‘tkazmalarini jo‘natish imkoniyati yaratildi. Bu haqda AT «Aloqabank» matbuot xizmati xabar berdi .
Pul o‘tkazamlarini AQSh dollarida, naqd shakldagi milliy valyutada, so‘m plastik kartasidagi mablag‘lardan, VISA kartasidagi mablag‘lardan amalga oshirish mumkin.
Qabul qiluvchi o‘z xohishiga ko‘ra mablag‘larni plastik kartasiga qabul qila oladi. Buning uchun pul o‘tkazmasini amalga oshirishda qabul qiluvchining mobil telefoni raqami va plastik kartasining raqami kiritilishi lozim.
Mazkur xizmat hozir Rossiya Federatsiyasiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun tatbiq etilgan.
Avvalroq 2700 innovatsion xizmati yo‘lga qo‘yilgandi. Unga ko‘ra, xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmasini hisobraqam yoki VISA Classic kartasiga 2700 qisqa raqamiga SMS yuborib qabul qilish mumkin.
O‘z navbatida hisobraqam yoki VISA Classic kartasidan mablag‘larni istagan payt naqd shaklda olish yoki boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin.
Xizmatdan foydalanish afzalliklari:
- Istalgan vaqtda olib ketish (ish vaqtida);
- Navbatni unutish;
- Mablag‘lar xavfsizligidan xavotir olmaslik;
- Bankka kelmagan holda plastik kartaga mablag‘larni tushirib ishlatish.
Ushbu xizmat doirasida hisobraqam va VISA Classic kartasini ochish BePUL.
Hisobraqam va VISA Classic kartasidan mablag‘larni naqd shaklida yechib olish BePUL.
Reklama huquqi asosida