Kupertinolik kompaniya o‘zining iOS uchun ilovalar ishlab chiqaruvchi xodimlariga "Makdonalds" butun dunyo bo‘ylab ishlab topadigan pulidan ko‘proq maosh to‘laydi. BGR nashri Apple'ning 2017 yilgi moliyaviy hisobotini tahlil qilib, shunday xulosaga keldi.
Apple hisobotiga ko‘ra, kompaniya 2017 yilda iPhone va iPad uchun ilovalar ishlab chiqaruvchilariga 26,5 milliard dollar to‘lagan. Manbaga ko‘ra, bu "Makdonalds"ning yil bo‘yi butun dunyodan ishlab topgan umumiy daromadidan ham ko‘pdir. Fortune reytingiga ishonadigan bo‘lsak, 2017 yilda fastfud tarmog‘ining daromadi 24,6 milliard dollarni tashkil qilgan.
2016 yilda kupertinoliklar o‘zining ilovalar ishlab chiqaruvchilariga "atigi" 20,3 milliard dollar to‘lashgan, bu 2017 yilda ularning daromadi oshganidan dalolat beradi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, App Store tarixida (2008 yildan beri) kompaniya o‘z ishlab chiqaruvchilariga 86 milliard dollardan ortiq pul to‘lagan.
Ta'kidlanishicha, Apple ishlab chiqaruvchi daromadining 30 foizga yaqinini o‘ziga olib qoladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, kupertinoliklar 2017 yilda faqat ilovalar sotuvining o‘zidan 37,8 milliard dollar ishlashgan.