O‘zbekiston 2017 yilda 2,4 milliard dollar miqdoridagi asosiy kapitalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 2016 yildagiga taqqoslaganda 1,4 baravar o‘sgan. Uning ulushi 2017 yilda mamlakatda kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmidan 20,4 foizlik ulushni tashkil qilgan (15,3 foizdan).
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi yirik qurilishlar va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun o‘zlashtirgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan ortiqni tashkil qilgan. Bu 2016 yildagiga nisbatan 84,8 foiz demakdir.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 2017 yilda 4,505 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirgandi.