Tunisda namoyishlarni bostirish uchun qo‘shinlar safarbar qilindi

Foto: Zoubeir Souissi/Reuters
Tunisda namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar vaqtida 11 yanvarga o‘tar kechasi 300dan ko‘proq odam hibsga olingan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Namoyishchilar narx-navo, soliqlar va ishsizlik darajasi oshishiga norozilik bildirmoqdalar. Politsiya bilan to‘qnashuvlar 8 yanvardan boshlab 20 dan ko‘proq shahar, jumladan poytaxt Tunisda bo‘lib o‘tmoqda.
Guvohlarning aytishicha, Jazoir bilan chegarada joylashgan Tala shahriga namoyishchilar milliy xavfsizlik xizmati binosiga o‘t qo‘yib, politsiyani shahardan ketishga majbur qilishgandan keyin qo‘shin kiritilgan. Namoyishchilar politsiya bo‘limlariga hujum qilib, avtomobillarga o‘t qo‘ymoqdalar.
Sayyohlar o‘rtasida ommaviy bo‘lgan Jarba orolida 9 yanvarda noma'lum kimsalar yahudiy maktab binosiga yonuvchi bombalar otishgan. Bu orolda qadimdan yahudiylar yashab keladi.
Politsiya Tunis va Taburba shaharlarida namoyishlarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. To‘qnashuvlar vaqtida 50 ga yaqin politsiyachi jarohat olgan.
Tunis bosh vaziri Yusuf Chahad namoyishlar bostirilishidan ogohlantirdi.
“Biz qabul qila olmaydigan zo‘ravonlik sodir bo‘ldi. Davlat chekinmaydi”, deb aytgan Chahad namoyishlar o‘tgan shaharlarga tashrifidan keyin.
Mavzuga oid

00:40 / 03.02.2025
Gurjistonda namoyishga chiqqan o‘nlab muxolifat vakillari hibsga olindi

22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

20:37 / 11.01.2025
Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

21:21 / 30.11.2024