Foto: UTBANK Ziraat Bank Uzbekistan’ga aylandi 

Iqtisodiyot 15:50 / 09.01.2018 32148

UTBANK AJ bank nomini o‘zgartirdi. Bank ma'lumotlariga ko‘ra, bankning yagona aksiyadori T.C. Ziraat Bankası A.Ş. (Turkiya) nomni o‘zgartirish haqida qaror qabul qilgan.

2017 yil 25 dekabrda Markaziy bank yangi firma nomi Ziraat Bank Uzbekistan AJ bo‘lgan bank ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Nomning o‘zgarishi bankning o‘z mijozlari va kontragentlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Barcha amaldagi shartnomalar va xizmat ko‘rsatish shartlari, shuningdek bank rekvizitlari o‘zgarishsiz qoladi, deya ta'kidlaydi bank.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Ziraat Bank «Agrobank»ning UTBANK’dagi ulushini sotib olmoqchi ekani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: