Nyu-York va Mumbayda yuz bergan yong‘inlarda o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

© AP Photo / Frank Franklin II
Nyu-Yorkdagi turar joy binosida chiqqan yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.
Yong‘in Bronks tumanidagi 5 qavatli uyda chiqqan. Yong‘inni o‘chirishda 160 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan. Yong‘inga 4-murakkablik darajasi berilgan.
Shuningdek, yana 15 kishi yaralangani ma'lum qilingan. Guvohlarning ta'kidlashlaricha, qurbonlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Mumbayda ham yirik yong‘in yuz berishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va 10 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Yong‘in ofis va restoranlar joylashgan Kamala Mills majmuasida yuz bergan. Yong‘in 29 dekabrga o‘tar kechasi majmuadagi London Taxi pabida boshlanib, butun binoga tarqagan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr ta'minotidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025