KJCh-2017. «Real» finalda «Gremio» bilan o‘ynaydi

Foto: Getty Images
Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi yarimfinalida Madridning «Real» klubi mahalliy «Al-Jazira» klubi bilan bellashdi.
Qirollik klubi birinchi va ikkinchi bo‘limda juda katta tashabbusga ega bo‘ldi. Biroq, hisob arab jamoasi tomonidan ochildi. 41-daqiqada Romarino himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, raqibni jazoladi.
Ikkinchi bo‘limda, «Real» tezlikni biroz oshirib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi va sensatsiyaga yo‘l qo‘ymadi. To‘plar Ronaldu va Beyl hisobiga yozildi.
Hamyurtimiz Sardor Rashidov bu safar ham «Al-Jazira» zaxirasida qoldirildi.
Endi «Real» 16 dekabr kuni finalda Braziliyaning «Gremio» klubiga qarshi maydonga tushadi.
KJCh-2017. Yarimfinal
Al-Jazira (BAA) – Real (Madrid, Ispaniya) - 1:2
13 dekabr, «Sheikh Zayed Sports City»
Gollar: 1:0 – 41 Romarino, 1:1 – 53 Ronaldu, 1:2 – 81 Beyl.
Al-Jazira – Xasif (Saif, 51), Faris Juma, Ayyed, Umar, Al-Xammadi (Al-Utayba, 60), Yusuf (Al-G‘iloniy, 72), Rashid, Bussufa, Fayyez, Mabxut, Romarino.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kovachich (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Beyl, 81).
Ogohlantirish: Ayyed (68).
KJCh-2017 taqvimi
Yarimfinallar
12 dekabr. Gremio (Braziliya) - Pachuka (Meksika) - 1:0
13 dekabr. Al-Jazira (BAA) - Real Madrid (Ispaniya) - 1:2
3-o‘rin uchun bahs
16 dekabr, 19:00. Pachuka (Meksika) - Al-Jazira (BAA)
Final
16 dekabr, 22:00. Gremio (Braziliya) - Real Madrid (Ispaniya)
O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025