Fazogir meteor tushishi koinot stansiyasidan qanday ko‘rinishini namoyish qildi

Foto: ESA
Hozir Xalqaro koinot stansiyasida faoliyat yuritayotgan italiyalik fazogir Paolo Nespoli orbitadan turib, meteorning Atlantika okeani ustida atmosferaga kirishini tasvirga oldi. Ushbu video YouTubeda joylashtirilgan.
“XKSda biz ko‘plab meteorlarni kuzatamiz, biroq men hech qachon ularni kameraga olmagandim. Bu gal omadim chopdi va men yorqin olovli sharni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldim. Bu shar soniyasiga 40 km tezlik bilan harakatlangan tezkor meteor bo‘lib chiqdi”, deb xabar qilgan fazogir.
Yevropa koinot agentligi vakillari gap o‘lchami bir metrdan kichikroq bo‘lgan va odatdagi meteordan 2 marta tezroq harakatlangan samo jismi haqida ketayotganini ma'lum qilishgan.
Space.com portalining ta'kidlashicha, ushbu meteor Taurida yoki Leonida meteor oqimining bir qismi bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar, shuningdek, jism sun'iy yo‘ldosh bo‘lagi bo‘lishi mumkinligi ehtimolini ham bildirishgan.
Mavzuga oid

02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi

23:02 / 16.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi

17:29 / 15.10.2024