Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq yana 10 mingdan ko‘proq hujjat e'lon qilindi

Foto: Reuters
AQSh milliy arxivi AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq Federal qidiruvlar byurosining yana 10744 ta hujjatini e'lon qildi. Bu haqda 17 noyabrda Wbay ma'lum qildi. Hujjatlar mazmuni haqida ma'lumot berilmagan.
Ta'kidlanishicha, 8,3 mingdan ko‘proq hujjat to‘liq holda, 2,4 mingi esa matni tahrirlangan holda berilgan.
Bu Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq hujjatlarning beshinchi e'lon qilinishidir. Avvalroq milliy arxiv tomondan 20,5 mingdan ko‘proq hujjat e'lon qilingandi.
Kennedi AQShni 2,5 yil boshqargan va 1963 yil 22 noyabrda Dallasda otib o‘ldirilgan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, Kennedini Li Xarvi Osvald ismli shaxs yakka o‘zi o‘ldirgan. Biroq prezidentning o‘limi borasida hali ham turli taxminlar bildiriladi.
Mavzuga oid

17:12 / 11.02.2025
Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi

08:33 / 24.01.2025
Tramp Kennedining o‘ldirilishi bo‘yicha hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishni buyurdi

16:53 / 20.01.2025
Tramp Kennedi o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni oshkor etishga va’da berdi

12:12 / 29.11.2024