Haydovchisiz boshqariladigan avtomobilar taksilarni nafaqat bir-birlari bilan, shuningdek jamoat transporti bilan ham raqobatga kirishishga majbur etadi — kelajakda ularning tannarxi shu qadar pastlashi mumkin, deb yozadi Kommersant.RU.
UBS kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, haydovchisiz boshqariladigan taksilar tarqalgach, yo‘lovchilar uchun yo‘l haqi 80 foizgacha pasayishi mumkin. Bu holatda haydovchisiz boshqariladigan taksilardan foydalanish shaxsiy avtomobilga ega bo‘lishdan ko‘ra ikki barobar arzonroqqa tushadi, deyishmoqda ekspertlar.
Avtobus narxidagi taksi
Haydovchisiz taksi derli shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi. Foto: Autoexpress.co.uk
Ekspertlarning fikricha, haydovchisiz boshqariladigan taksi jamoat transportining butun tizimini ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi — birinchi navbatda yo‘l haqining keskin kamayishi hisobiga. Bu holatda «taksichisiz taksilar» yirik shaharlarda yaqin yillarda paydo bo‘lishi mumkin, unda yurish haqi esa jamoat transportiniki bilan barobar bo‘ladi.
Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish foyda keltirmaydi
«Elektromobillar va haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarga o‘tish raqobat kuchayishi bilan hamjihatlikda yo‘lovchilardan olinadigan yo‘l haqi bugungi kundagisiga nisbatan 80 foizgacha pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin... Yaqin bir necha yillar ichida texnologiyalar «robotaksi»ni reallikka aylantiradi. Bu yangi sharoitlarda shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish «robotaksi»dan foydalanishga nisbatan ikki barobar qimmatga tushadi», — deya tadqiqotdan parcha keltirmoqda «Kommersant'».
Nafaqat haydovchisiz, shuningdek g‘ildiraksiz
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Dubayda uchuvchisiz uchar taksi sinovdan o‘tkazildi. Yo‘o‘lovchilarni tashish bilan uchuvchisiz uchar apparatlar shug‘ullanadi. Taksi xizmati Ehang 184 dronlaridan foydalanmoqda. Ular massasi 110 kilogacha bo‘lgan yuklarni ham tashishi mumkin.