2060 yilga kelib dunyodagi mahsulotlarning yarmi 3D-printerdan bosib chiqariladi

Fan-texnika 21:55 / 04.10.2017 8577

Gollandiyaning ING banki prognoziga ko‘ra, 3D-bosmaning rivojlanishi jahon savdosining 40 yildan keyin inqirozga uchrashiga olib keladi. Transchegaraviy yetkazishlar anchagina qisqaradi, chunki barcha butlovchi qismlarni bir joyda bosish mumkin bo‘ladi.

Bank quyidagicha savol bilan yuzlandi: 3D-bosma jahon savdosiga xavf soladimi? Javob esa ijobiy bo‘ldi. Bundan asosiy xulosa shuki, yaqin 40 yil ichida 3D-bosma jahon savdosining 25 foizga qisqarishiga olib keladi. Printerlar katta qayishqoqlik va aniqlikni beradi. Bu soha to‘g‘ri rivojlantirilganda printerlar xorijiy yetkazuvchilarning ancha qismining o‘rnini bosishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, 40 yildan keyin jahonda ishlab chiqarilgan barcha buyumlarning yarmi 3D-printerdan bosib chiqariladi.

Bugungi kunda kam korxonalar ishlab chiqarishda 3D-bosma usulini qo‘llashiga qaramasdan, bank bu sanoatni 6 mlrd dollarga baholamoqda. Sarmoyalar, yangi loyihalar va sanoat bilan bog‘langan yirik kompaniyalar hisobiga bank yaqin kelajakdagi bu sohaning jadal o‘sishini bashorat qilmoqda.

Bank mutaxassislarining yozishicha, har bir sohada o‘zining 3D-texnologiyalari yaratiladi. Avtomobilsozlikda o‘zining, og‘ir sanoatda o‘zining printerlari bo‘ladi. Bunday kirib borish, ma'lum muhitga sozlana olish mumkinligi 3D-bosmaga yanada rivojlanishga imkon beruvchi uning asosiy ustunligidir.

Bugungi kunda 3D-bosma yetib bormagan soha qolmadi. Printerlar yordamida binolar, kema, suv osti kemalari qismlari bosib chiqarilmoqda. Undan tibbiyotda keng foydalanilmoqda, chunki bu printerlar dorilarni va hattoki to‘qima va organlarni bosish imkonini beradi. Nafaqat suyaklar, balki printer tomondan yaratilgan inson yuragining birinchi namunalari ham allaqachon mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: