Tongwei Group G‘arbiy Xitoydagi Chendu shahrida joylashgan yangi quyosh panellari fabrikasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. U kuniga 1,35 million yuqori samarali fotoelement ishlab chiqaradi, bu fotoelementlar yiliga 3,0 milliard kVt*s elektr energiyasini yaratadi. Fabrikaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 GVt'ni tashkil qiladi. DigiTimes shu haqida xabar berdi.
Bundan tashqari, mazkur fabrikada mamlakat bo‘ylab eng katta avtomatlashtirilgan uskuna ishlaydi. Xitoyning oddiy zavodlariga taqqoslaganda, "aqlli" fabrika mehnat xarajatlarini 40 foizga, energiya iste'molini - 30 foizga qisqartiradi va ishlab chiqarish samaradorligini 25 foizga oshiradi. Biroq mehnat xarajatlarining 40 foizga pasayishi ishchi o‘rnining keskin kamayishiga olib keladi.
Xitoydagi zavodlar tobora ko‘proq shu muammoga duch kelmoqda, shuning uchun Alibaba elektron kommersiya giganti rahbari Jyek Ma kelgusida bozorning asosiy drayveri xizmatlar sanoati bo‘lishini ishonch bilan ta'kidladi.
"Made in China va Made in America deyishga hojat qolmadi. Made in Internet davri keldi", - dedi Ma Nyu-Yorkdagi Bloomberg Global Business Forum'da.