46 yil garajda saqlangan Lamborghini Miura 1,5 million dollarga sotiladi

Fan-texnika 21:30 / 03.10.2017 7208

Yirik duPont Registry sayti noyob Lamborghini Miura S sportkari sotuvga qo‘yildi. Uning egasi ta'kidlashicha, mashina 46 yil mobaynida garajda saqlangan. Avtomobil uchun 1,5 million dollar olishni rejalashtirishmoqda.

Sotuvga qo‘yilgan «Miura» – modelning konveyerdan chiqqan ikkinchi nusxasidir. Umuman shu modeldan 140 ta mashina ishlab chiqilgan. 

Sotuvchining uqdirishicha, avtomobil to‘liq o‘z original holatida saqlanganki, Concord magnitolasi ichidagi Rolling Stones albomi ham turibdi. Bunda kuzov bo‘yog‘i yorilgan, disklarda Pirelli CN12 shinalari qolgan.

Foto: dupontregistry.com

Superkarga 12 silindrli 3.9 l hajmli va 370 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan. U 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda mashinani harakatga keltiradi. U joyidan soatiga 100 km tezlikka 4,5 soniyada erishadi. Uning eng yuqori tezligi 285 km/soatdir. 

O‘tgan asrning 70-yillarida avtomobil Italiyada 7,8 million lira (19 ming dollarga yaqin) turgan. Hozirda ushbu model qiymati 2 mln dollarga yaqin turadi. 

Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com
Foto: dupontregistry.com

Ko‘proq yangiliklar: