Ilon Mask: Marsni o‘zlashtirish 2022 yildan boshlanadi (foto + video)

Fan-texnika 21:30 / 02.10.2017 12166
Foto: SpaceX

Amerikaning SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Avstraliyaning Adelaida shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro astronomiya kongressida chiqish qildi. U kompaniyaning Mars sayyorasini zabt etish bo‘yicha ulkan rejalarini ma'lum qildi. Maskning fikricha, 2022 yilga kelib, Marsga ilk parvozlar amalga oshiriladi. Uning maqsadi Qizil sayyorani mustamlakaga aylantirishdan iborat bo‘ladi. 

Foto: SpaceX

Videokonsepsiyada namoyish etilishicha, Marsga yular va fazogirlarni eltishda yangi ko‘pmaqsadli BFR raketasidan foydalaniladi. Uning balandligi 106 metrga, diametri 9 metrga yetadi. Raketaning tezlik olishi uchun mo‘ljallangan modul Raptor tizimidagi 31 dvigatelga ega bo‘ladi.

Interplanetary Transport System (Sayyoralararo transport tizimi) Yerning oraliq orbital stansiyasiga 150 tonnagacha yukni yetkazadi, Marsga uchishda 50 tonna foydali bkni tashiy oladi. Uchiriladigan parvozlar orbitaga 40 ta modulni yetkazishni ko‘zda tutadi. Ularning har birida 2-3 astronavt bo‘ladi, shu bilan fazoga 100 kishidan iborat ekipaj yetkaziladi.

Foto: SpaceX

BFR raketasini barpo etish ishlariga yaqin 6-9 oyda kirishiladi. Yangi fazoviy kemaning barcha elementlari kelgusi parvozlarda ham foydalaniladi. 

Foto: SpaceX
Foto: SpaceX
Foto: SpaceX
Foto: SpaceX

Eslatib  o‘tamiz, Falcon 9 raketasining 80 foizini takroran qo‘llash mumkin. BFR raketasi esa, yuklarni fazoga olib chiqishda qo‘llaniladi. Biroq zarur bo‘lib qolganda birmuncha ixcham Falcon 9 va Falcon Heavy raketalari qo‘llaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: