Qozog‘istondan import qilinuvchi avtomobillar aksiz solig‘i pasaytirildi

Fan-texnika 00:01 / 01.10.2017 33152

Joriy yilning 1 oktabr kunidan boshlab, O‘zbekiston Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan yoxud qo‘shni mamlakatda yig‘ilgan transport vositalariga nisbatan aksiz soliq stavkalarini pasaytirdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 29 sentabr kuni imzolagan qarorda shunday deyiladi.

Tibbiy maqsadda foydalanishni nazarda tutuvchi transport vositalardan boshqa barcha Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan va yig‘ilgan ulovlarga nisbatan aksiz solig‘i ularning bojxona narxnomasidagi qiymatidan kelib chiqib 2 foizga kamaytirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident bu qaror orqali ayrim turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan import boj to‘lovlarini ham bekor qilgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: