Office 2019 ofis to‘plami relizi kelgusi yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan. Orlando (AQSh)dagi Ignite IT Pro anjumanida ma'lum qilinishicha, unga Word, Excel, PowerPoint hamda Outlook’ning yangi versiyalari, shuningdek, Exchange, SharePoint va Skype for Business server «nashrlari» kiradi.
Yangi mahsulotni ommaviy tarzda sinovdan o‘tkazish 2018 yilning o‘rtalarida boshlanadi. Microsoft’dan xabar berishlariga ko‘ra, Office 2019 Office 365 onlayn-xizmatiga obunadan foydalanmaydigan tashkilotlarga mo‘ljallangan. Bu to‘plam shunday kompaniyalar uchun kengaytirilgan AT-imkoniyatlar, shuningdek, qo‘l yozuvi orqali kiritish bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Excel’da ma'lumotlarni tahlil qilish uchun yangi formulalar va diagrammalar paydo bo‘ladi, PowerPoint esa Office 365 mijozlari hozirdan foydalanishi mumkin bo‘lgan zum va morfing funksiyalariga o‘rganadi. Office 2019 haqida batafsilroq ma'lumot yaqin oylar ichida taqdim etiladi.